“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” — Dang‘arada “Bunyodkor ayol” madaniy tadbiri bo‘lib o‘tdi.








“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” — Dang‘arada “Bunyodkor ayol” madaniy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Dang‘ara tumani Katta Turk mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan madaniyat markazida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” g‘oyasi ostida “Bunyodkor ayol” madaniy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari, mahalladagi faol ayollar, tadbirkorlar, ijodkor xotin-qizlar, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari so‘zga chiqib, yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ayollarning jamiyatdagi o‘rni va tashabbuslari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirning eng tantanali qismlaridan biri sifatida “Ayollar daftari”ga kiritilgan va bugungi kunda o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlarga tuman hokimligi tomonidan ishonch yorliqlari topshirildi. Bu esa ularning faoliyatini rasman e’tirof etish, kelgusidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir muhim qadam bo‘ldi.
Tadbir davomida faol tadbirkor ayollar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi, “Ayollar daftari” ayollariga motivatsion maslahatlar berildi.
Madaniyat markazi xodimlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi — Vatan, ona, oila, barqaror hayot mavzusidagi taronalar tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!