Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
79
18
Sayt test rejimida ishlamoqda...

382025-07-31 18:34

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashining navbatdagi 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashining navbatdagi 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashining raisi Sh.Tojixakimov ochdi va olib bordi.

Sessiya boshida Dang‘ara tumanida mahalliy budjetning 2-chorak ijrosi to‘g‘risida tuman moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Latipov Kozimjon Xakimjonovich xisobot berib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 17-yanvardagi “2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-12-sonli qaroriga asosan tumanda 101,5 gektar ijaraga berilgan yer maydonlarida intensiv bog‘ tashkil etish to‘g‘risida tuman Kengashi deputati Ergashev Abbosjon Shuxratovich taklifi eshitildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi “Maxalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning axoli muammolarini xal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-sonli Farmonining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman Kengashi deputati Xamraliyeva Ziyodaxon Abdufatoyevna ma’lumot berib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 1-apreldagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-133-sonli qarori ijrosi yuzasidan Dang‘ara tumanida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Ergashev Oybekjon Rasulovich ma’lumoti eshitildi.

Shuningdek, kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ko‘rib chiqilib, sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz