Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
79
18
Sayt test rejimida ishlamoqda...

682025-07-29 11:35

Dang‘arada kibersport bo‘yicha “Soliq inspeksiyasi boshlig‘i kubogi”ning tuman bosqichi o‘tkazildi.

Dang‘arada kibersport bo‘yicha “Soliq inspeksiyasi boshlig‘i kubogi”ning tuman bosqichi o‘tkazildi.
Dang‘ara tumani markazida joylashgan “Legenda” kibersport klubida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar o‘rtasida zamonaviy sport turi bo‘lmish kibersport bo‘yicha “Soliq inspeksiyasi boshlig‘i kubogi”ning tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Ushbu musobaqa yoshlarni axborot texnologiyalari va raqamli dunyo imkoniyatlariga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, kibersportni ommalashtirish maqsadida o‘tkazildi.
Bellashuvda yoshlar CS:GO, va FIFA kabi ommaviy kibersport o‘yinlari bo‘yicha jamoaviy va yakka tartibda ishtirok etishdi. Musobaqa jarayonida yoshlar o‘zaro mahorat va strategiyalarini sinab ko‘rishdi, g‘oliblik uchun kuchli raqobat yuzaga keldi.
G‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalar tantanali ravishda topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz