Ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.








🔷Dang‘ara tumanida viloyat hokimligi tomonidan belgilangan reja jadvaliga asosan ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
🔷Sayyor qabulda Dang‘ara tuman hokimi Sh.Tojixakimov, Tuman prokurori A.Boboxonov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Y. Abdurasulov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i T.Arzimatov, Adliya bo‘limi rahbari V.Erkaboyev, tijorat banklari hamda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi.
🔷Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan uy-joyni ta’mirlashda ko‘maklashish, tadbirkorlik uchun bank krediti olish, moddiy va tibbiy yordam masalalari va boshqa murojaatlari eshitildi.
🔷Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi topilgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi.
🔷 Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!