Dang‘arada “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi








Dang‘arada “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
🔷Dang‘ara tumani hokimligi, DXX chegara qo‘shinlari harbiy qismi hamda hamkor tashkilotlar hamkorligida “Milliy Armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
🔷Tadbir yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida milliy armiya bilan faxrlanish tuyg‘usini kuchaytirish hamda harbiy kasbga qiziqishlarini oshirish maqsadida o‘tkazildi.
🔷Dang‘ara tumani hamda Furqat tumani yoshlari chegara qo‘shinlarining shakllanish va rivojlanish tarixi bilan tanishishdi, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot olishdi.
🔷Shuningdek, tadbirda ta’minot turlari, qurol-yaroq va harbiy texnikalarning ko‘rgazmalari tashkil etildi, bu yoshlarga milliy armiya hayoti va uning faoliyatini yaqindan ko‘rish imkonini berdi.
🔷Tadbir yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik hissi va milliy armiyaga bo‘lgan qiziqishni yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Maktab o‘quvchilari o‘rtasida voleybol sport musobaqalari tashkil etildi.








