Dang‘ara tumani Madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun ҳамда to‘y va ma’raka marosimlarini tartibli ва ixcham o‘tkazиш masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.








🔷Dang‘ara tumani Madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun hamda to‘y va ma’raka marosimlarini qisqartirish, ularni oddiy va tartibli shaklda o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔷Tadbirning boshida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi tantanali ravishda ijro etildi.
🔷Uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va xodimlari, Nuroniylar jamoatchiligi vakillari, otin-oylartuman, tuman imom-xatiblari va ularning noiblari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.
🔷Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari tomonidan Davlat Madhiyasining tarixiy ahamiyati, uning yoshlar tarbiyasida, vatanparvarlik ruhini mustahkamlashdagi roli haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
🔷Uchrashuv davomida Dang‘ara tumanida “Maromiylik” dasturi doirasida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🔷To‘y va marosimlarni ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, ehtiyotkor va iktisodiy tarzda o‘tkazish bo‘yicha belgilangan talablar, ularning ijrosini ta’minlash mexanizmi va targ‘ibot ishlari muhokama qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘arada “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi


Maktab o‘quvchilari o‘rtasida voleybol sport musobaqalari tashkil etildi.







